/Seysmik o’rganishlar ma’lumotlarini talqin qilish
Seysmik o’rganishlar ma’lumotlarini talqin qilish
«PetroTrace Services» MCHJ geologik-geofizik ma’lumotlarini kopleks talqin qilish bo’yicha xizmatlarni ko’rsatadi.
Biz har doim geologik muammoning eng yaxshi yechimini topishga imkon beruvchi talqin qilishning keng to’plamiga egamiz. Biz aks ettiruvchi gorizontlarni korrelyatsiya qilish, izoxron va strukturaviy xaritalarni tuzishdan tortib konlarni qidirish va foyfalanish burg'ulash va konlarni qidirishni nihoyasiga yetkazishgacha bo'lgan taomillarning barcha to’plamini bajaramiz.Ish jarayonida biz tezlikni modellashtirish, seysmofatsial va atributli tahlil, seysmik to'lqinli inversiya, spektral dekompozitsiya va h.k.-larni o'z ichiga olgan keng ko'lamli texnikalarni qo'llaymiz.
Bizning mutaxassislarimiz geofizik tadqiqotlarning har xil turlaridan mavjud bo'lgan har qanday ma'lumotlarni o'z ishlariga birlashtirish tajribasiga ega. Gravitatsion yoki elektr qidiruv ma'lumotlari mavjud bo'lganida, yakuniy modelni yaxshilash va eng yaxshi natijalarni qo'lga kiritish uchun geofizik tadqiqotlarning u yoki bu usulidan maksimal qo'llash uchun ularni qayta ishlanishi va loyihaga integratsiya qilinishi mumkin.
Mijozlarimiz ixtiyoriga ko'ra va loyihaning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, biz universal DT - Petrel (Schlumberger), Decision Space (Halliburton), Hampson-Russel (CGG)-dan, shuningdek, alohida taomillarni bajarish uchun yordamchi dasturlarning turli kombinatsiyalari (masalan, Tessral Pro, Stratimagic va boshqalar)-dan foydalanishimiz mumkin. Bundan tashqari, biz o'z ishlanmalarimizdan va hamkorlarimizning xizmatlaridan foydalanamiz, bu bizga barcha kerakli tadqiqot turlarini yagona yechimga integratsiyalash yo'li bilan muayyan loyihani bajarish uchun turli texnologiyalarning maksimal mumkin bo'lgan sonini jalb qilish imkonini beradi.
Xizmat haqida hali ham savollaringiz bormi? Ularni shunchaki bizga bering va biz ularga mamnuniyat bilan javob beramiz